Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — Ishtixon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Q. Nuriddinovning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tumanda yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.

📊 Mazkur masala yuzasidan Ishtixon tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i O. Akbarov tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra:

  • Tumandagi 62 ta mahallada yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi;
  • Yil boshida “Yoshlar balansi”ga kiritilgan 778 nafar ishsiz yoshdan 775 nafarining (99,6 foiz) bandligi ta’minlandi;
  • Jumladan:
    • 200 nafar yosh doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi;
    • 92 nafar yoshga 1 mlrd 651 mln so‘m kredit ajratildi;
    • 8 nafar yoshga 1 gektardan yer maydoni berildi;
    • 15 nafar yoshga 97 mln so‘mlik subsidiya ajratildi;
    • 86 nafar yosh xorijiy davlatlarga qonuniy mehnat migratsiyasiga yuborildi;
    • 355 nafar yosh o‘zini o‘zi band qildi;
    • Yoshlar ta’lim, harbiy xizmat va boshqa yo‘nalishlar orqali bandlikka jalb etildi.

➖ Shuningdek, 2025-yilda mehnat bozoriga yangi kirib kelgan 4 427 nafar yoshdan 4 194 nafarining (94,7 foiz) bandligi ta’minlandi.

Yoshlarni qishloq xo‘jaligiga jalb etish maqsadida 633 gektar yer maydoni 1 643 nafar yoshga ajratildi.

📌 2026-yil uchun belgilangan vazifalar:

  • 807 nafar ishsiz yoshning bandligini ta’minlash;
  • 209 nafar yoshni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;
  • 125 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ajratish;
  • 280 nafar yoshga qishloq xo‘jaligi uchun yer maydonlari berish;
  • 96 nafar yoshni qonuniy mehnat migratsiyasiga yo‘naltirish;
  • Yoshlarni ta’lim, kasb-hunar, subsidiya va harbiy xizmat orqali bandlikka jalb etish.

Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan tegishli xulosa va tavsiyalar bildirildi. 

Slide 1 of 6