#jarayon
#deputat nazorati
Deputatlar tomonidan axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
Deputatlar tomonidan tuman Axborot-kutubxona markazining aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasidagi ishlari o‘rganildi.
Jarayon davomida kutubxona fondining yangilanishi, elektron tizim imkoniyatlari hamda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
✅Deputatlar xodimlar bilan suhbatlashib, aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirishdi.
O‘rganish yakunida tegishli tavsiyalar berilib, masalalar ijrosi nazoratga olindi.
️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!