#jarayon
#deputatlar faoliyati
️Deputatlar tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi
Jarayon davomida aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni kamaytirish va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Deputatlar hokim yordamchilari bilan uchrashib, ularning joylardagi faoliyati, aholiga ko‘rsatayotgan amaliy yordam hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflarini tinglashdi.
️O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
✅Mazkur o‘rganishning asosiy maqsadi — aholining farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni kamaytirish va bu boradagi ishlarning samaradorligini yanada kuchaytirishdan iboratdir!
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!