Tumandagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 62-sonli xususiy poliklinikada tuman Kengashi deputati Farhod Ibragimov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mahalla aholisi salomatligini ta’minlash, tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda poliklinika faoliyati bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi. Deputat ishtirokchilarga tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berib, masalalarning samarali hal etilishiga alohida e’tibor qaratdi.