Новости

Последние новости

Chinoz tumani. DEPUTAT NAZORATI

🚸Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov tuman markazidagi mahallalarda bo‘lib, oqava suv tarmog‘i tortilgan ko‘chalarda amalga oshirilgan qazish ishlarining tiklanishi va ta’mirlanish holatini o‘rgandi.

✅O‘rganish jarayonida deputat ta’mirlash ishlarining sifat darajasi, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ishlarni belgilangan talablarga muvofiq yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4