“Prezident Olimpiadasi” musobaqalari yaqinlashar ekan, Chinoz tumanida sportga bo‘lgan qiziqish va ruhiy ko‘tarinkilik yanada oshib bormoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Sherzod Salixov musobaqaga tayyorgarlik ko‘rayotgan iqtidorli sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida hokim mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak davlat e’tiborini alohida ta’kidladi. Shuningdek, yosh sportchilarning g‘alabaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, ularni yanada mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.
Tadbir yakunida hokim sportchilarga “Prezident Olimpiadasi”da Chinoz tumani nomini munosib himoya qilishlarini tiladi hamda ularga omad va yangi zafarlar yor bo‘lishini istadi.