Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi o‘tkazildi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida deputatlarninig odob-axloq qoidalariga rioya etish masalasi hamda joriy yilning 21-noyabr kuni Toshkent viloyati hokimligida “Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi kotibiyatlarining 10 oylik faoliyati” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilganligi to‘g‘risida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxramov tomonidan aytilib, o‘tkazilgan yig‘ilish yuzasidan berilgan topshiriqlar muhokama qilindi.