Avval xabar berganimizdek, Bolalar shifoxonasidagi isitish tizimining nosoz holatda ekanligi bemor bolajonlarga qiyinchilik tug‘dirayotgan edi.
Holat yuzasidan deputatlarimiz tomonidan mutasaddi rahbarlarga muammoga zudlik bilan yechim topish zarurligi bo‘yicha murojaat qilindi
Bugungi kunda Bolalar shifoxonasida ta’mirlash ishlari boshlanib ketdi. Muammoni bartaraf etish ishlari shaxsan Kengash raisi boshchiligida hudud deputati nazoratiga olindi.
Yaqin kunlarda ta’mirlash ishlari yakunlanib, bemor bolajonlarga issiq, qulay va shinam shart - sharoitlar yaratib beriladi.