Новости

Последние новости

DEPUTAT. NAZORATI

Maktab qish mavsumiga shay

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati B.Joʻrayev ijtimoiy soha obyektlarini qish mavsumiga tayyorgarligini oʻrgandi.

Oʻrganish davomida Oqtepa mahallasidagi 28- maktabda isitish tizimidagi muammo tufayli oʻqituvchi va oʻquvchilar sovuq xonalarda dars mashgʻulotlari olib borilayotganini guvohi boʻldi.

Deputat tomonidan tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga mavjud muammo va holat yuzasidan xabardor qilindi. 

Muammoni bartaraf etish choralari koʻrilib, maktabga yangi nasos oʻrnatildi. Deputat N.Doʻsmatova bilan hamkorlikda olib borilgan sayin harakatlar natijasida 2 kun ichida muammoga yechim topilib, isitish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Slide 1 of 3