Новости

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 2-Zarabog‘ saylov okrugi vakili Xojidinov Ximoydin Sayfiddinovich tomonidan “Zarabog‘” va “Qizilolma” mahalla fuqarolar yig‘inlarida deputatlik nazorati tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqarolarning oilaviy ahvoli, ularning ro‘yxatga to‘g‘ri kiritilganligi hamda belgilangan mezon va talablariga mosligi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, ularga tegishli tartibda ajratilayotgan ijtimoiy yordamlarning oʻz vaqtida va manzilli yetkazilayotganligi yuzasidan monitoring amalga oshirildi.

Slide 1 of 5