Deputatlar sport majmuasi binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha pudratichilar tomonidan olib borilayotgan ishlarning holati o‘rganib chiqilib, pudratchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ko‘rsatilib, tegishli takliflar berildi.
O‘rganish davomida obektning ichki pardozlash va fasad ishlari qolganligi aniqlandi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan loyihani ijrosi hamda ushbu loyiha doirasida ajratilgan mablag‘lardan to‘g‘ri, maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash borasida deputatlik nazorati o‘rnatildi.