Shuningdek, tadbir doirasida milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi, ijodiy chiqishlar namoyish etildi va faol ishtirokchilarga Xalq banki tomonidan sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Tadbir so’ngida bir guruh hunarmandlar Olmazor tumani Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan "Eng yaxshi kashtado'z", "Eng kreativ kashtado'z" va "Qadimiy an'analarni qayta tiklagan kashtado'z" nominatsiyalari bilan taqdirlandilar.