1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI
🌺🌺Sana munosabati bilan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Azimov Amir Abralovich tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari holidan xabar olindi.
🌺🌺 Navoiy shahrining “Istiqlol” mahallasida istiqomat qiluvchi, e’tibor va ko‘makka muhtoj oilalar holati o‘rganilib, ularning farzandlariga bir piyola choy ustida bayram sovg‘alari topshirildi.
🌺🌺Mazkur tadbir bolalarning yuzida quvonch, qalblarida esa e’tibor va g‘amxo‘rlik iliqligini uyg‘otdi. Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, ijtimoiy birdamlik va insonparvarlik tamoyillarining amaldagi ifodasidir.