Bugun Rossiya tomonining taklifiga binoan Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Anton Vayno bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yuqori sur’atda rivojlanib borayotgan va aniq natijalar berayotgan O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.