O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi” haqida ekspertiza xulosasiga asosan Xalq deputatlari Yangibozor tumani Kengashining “Tumandagi ayrim ko‘chalarning nomlarini o‘zgartirish va nomsiz ko‘chalarni qayta nomlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasining http://regulation.gov.uz/ rasmiy veb-saytida ID107313 raqami bilan 2025-yil 6-mayda muhokamaga qo‘yildi. Xalq deputatlari Yangibozor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Matkurbanov Qiyot mahallasiga borib mahalla faollari bilan birgalikda “Tumandagi ayrim ko‘chalarning nomlarini o‘zgartirish haqida”gi qarori loyihasini muhokama qildi.