35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Bo‘ston mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Utegenov Bo‘ston mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar hamda o‘tkazilayotgan tadbirlar samaradorligi bilan tanishdilar.

Tashrif davomida yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bandligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Slide 1 of 3