35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Abdulla Qodiriy MFYda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
#tavsiyalar
#qonun_162

Abdulla Qodiriy MFYda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov hamda J. To‘rayev va bosh mutaxassis Z.Temirovalar tomonidan Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘inida maishiy chiqindilarni olib chiqish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ayrim hududlarda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmagani oqibatida to‘planib qolganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilot vakillariga zudlik bilan murojaat qilinib, chiqindilarni qisqa muddatda olib chiqish hamda hududning sanitariya holatini tiklash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Deputatlar tomonidan aholi yashash hududlarida sanitariya va obodonlashtirish holatini doimiy nazorat qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 3