DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi hamda Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi VII-5-20-4-57-K/25-sonli qarori 1-ilovasining 3-bandiga muvofiq o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Boyqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ta’mirlash xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanish holati, shuningdek, amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining sifati va moliyaviy mablag‘lardan foydalanish jarayoni tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
📌 Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi deputatlik nazorati doirasida mahalliy budjet mablag‘larining qonuniy, maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazoratni izchil davom ettiradi.