Новости

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis U.Kenjayev tomonidan Yangi davr mahallasida kelib tushgan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroning alohida parvarish va doimiy qarovga muhtoj ekani inobatga olinib, unga patronaj hamshirasini biriktirish masalasi yuzasidan Yangi davr mahallasi raisi tomonidan tegishli taklif kiritildi.

Murojaat ijrosini ta'minlash va masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 3