Muammo nazoratga olindi
Xo‘jayli tumani Samanko‘l OFY aholisining murojaati tumanlik Kengashga Ekologiya partiyasidan saylangan deputat A.Abdijalieva tomonidan tinglandi. Murojaatchilarni qiynab kelayotgan muammo joyida o‘rganildi.
Muammo yechimini topish uchun deputat tegishli soha rahbarlariga deputatlik so‘rovi yuborib nazoratga olinishini aytib o‘tdi. Murojaatni tinglashga Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Torenov ham ishtirok etdi.