📌 TADBIRKOR FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov tomonidan "Navbur" mahallasida qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🏭 Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan ish o‘rinlari, mahsulot sifati hamda faoliyatni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
💬 Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati davomida uchrayotgan muammolar va mavjud takliflar tinglanib, ularni hal etish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
🤝 Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.