Новости

Aholiga bepul yuridik maslahatlar berildi.

Aholiga bepul yuridik maslahatlar berildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati B. Toshev tashabbusi bilan "Madad" NNT hamkorligida O‘zbekiston mahallasi fuqarolari uchun bepul yuridik maslahatlar tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolarning huquqiy masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4