Новости

Uchrashuv

Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan deputat YU.Matniyazov Murtazabiy MFY Muqumiy ko‘chasi aholisi bilan uchrashdi. Fuqarolar hududdagi o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, xususan, ko‘prik, elektr ustunlarining yaroqsizligi bo‘yicha deputatga murojaat qildi.

Deputat tomonidan ushbu muammolar tegishli soha rahbarlariga deputatlik so‘rovi qilib yetkazilishini va shaxsan o‘zi nazoratga olishini ta’kidladi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Torenov ishtirok etib 2026-yil davomida mahalla hududida amalga oshiriladigan obodonlashtirish, qurilish-ta’mirlash ishlari haqida ma’lumot berib o‘tdi. 

Slide 1 of 3