Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir - Kengash va Madad NNT hamkorligi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva “Madad” NNT huquqiy xizmat ko‘rsatish markazi mutaxassisi X.Norpo‘latov bilan birgalikda oilaviy va ijtimoiy muammolari og‘ir bo‘lgan fuqarolar uchun alohida qabul tashkil etdi.
Qabul davomida fuqarolarning oilaviy munosabatlar, ijtimoiy himoya, bandlik, moddiy yordam, huquqiy masalalar hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi. Murojaatchilarga mavjud muammolarni hal etish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar, amaliy tavsiyalar va tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, qabul jarayonida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan kelgusida ham manzilli ish olib borish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarning ijobiy yechim topishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#Kengash_va_Madad_NNT_hamkorligi