Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi raisi I.Qo‘chqorov, tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Xudaybergenov doimiy komissiya raislari bilan birgalikda yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish kun tartibida doimiy komissiyalar tomonidan olib borilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, kun tartibida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar tahlil qilindi. Kengash raisi tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan har bir masala doimiy komissiyalar muhokamasidan o‘tganligiga e’tibor qaratdi.