Xalq deputatlari tuman kengashining haftalik ish rejasiga asosan: 18-sonli MTTda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ovqat tayyorlash jarayoni o'rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasiga asosan, 7-"Yangi yo'l" saylov okrugidan saylangan deputat Safargul Rajabova "Do'stlik" mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 18-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib, bolajonlar uchun oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va ularni tayyorlash jarayonlarini yaqindan ko'zdan kechirdi.
Tashrif davomida deputat muassasaning oziq-ovqat omborxonasi, muzlatkichlar va mahsulotlarning saqlanish muddatlari, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilishini qat'iy nazoratdan o'tkazdi.
Shuningdek, oshxona bo'limida bolajonlar uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati, kaloriyaliligi va belgilangan taomnomaga qat'iy amal qilinayotgani bilan qiziqdi.