Новости

Последние новости

янв.21
Biriktirilgan tashkilot hamkorligi: fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati o‘rganildi
янв.21
Uzun tumanida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar atroflicha o'rganildi
янв.21
Deputat, doimiy komissiya raisi Azamjon Kamolov Uzun tumanida qurilayotgan "Afro House" turar-joy majmuasi jarayonini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova aholi xonadonidagi issiqxona faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
"Yangi O‘zbekiston qiyofasi" shiori ostida: Deputat Safargul Normurdovna Yangi yo'l mahallasidagi xonadonlarda bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova tomonidan tashkilotlarda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO NAZORATI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY ijtimoiy xodimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

HAFTALIK DAYJEST:

Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:

📌 Deputat xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat K.Xashimova tomonidan “Qarabog‘” mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

📌 Deputatlik nazorati: mahalladagi ijtimoiy ishlar o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-“Tallashqon” saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Bog‘iobod” mahallasidagi ijtimoiy xodim B. Sattorovning faoliyati o‘rganildi.

❄️ Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi nazoratda

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov “Mehnatobod” mahallasidagi 19-son umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

🏫 DEPUTAT NAZORATI DAVOMIDA MUAMMO ANIQLANDI

📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida 20-“Mehrabod” saylov okrugidan saylangan deputat J.Qodirovning saylov okrugiga qarashli “Mehrabod” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 Ekspert guruhi yig‘ilishida sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Vatanparvar” tashkilotining Sherobod tumanidagi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Sherobod tumani o‘quv-sport texnika klubida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏗 Qurilish jarayoniga deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov, hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi Otabek Tursunov, tegishli mas’ullar hamda mahalla faollari ishtirokida “Katta hayot” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Sherobod tumanida Kengash kotibiyati faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo'lat Boyqulov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati faoliyatini o‘rganish yuzasidan yig'ilish o'tkazdi

🏘 Mahalla yettiligi faoliyati: mas’uliyat, manzillilik va natija

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi Otabek Tursunov Sherobod tumanidagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyatini tahlil qildilar.

Fuqarolar murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish choralari belgilandi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov hamda Sherobod tumani hokimligi Ijro apparati rahbari R. Jo‘rayev ishtirokida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning murojaatlari atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan fikr almashildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov hamda Sherobod tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i R. Berdiyev tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Sherobod tumani hududida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash hamda olib chiqib ketish xizmatlari tariflarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masala yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1