Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
Mahallalarda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy e'tibor markazida turibdi. Shu maqsadda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat O.Rajabov o‘z saylov okrugidagi Guliston MFYda bo‘lib, mahalladagi xotin-qizlar faolining kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Deputat o‘rganish jarayonida xotin-qizlar faolining ish joyidagi sharoitlari, ular tomonidan mahalla xotin-qizlari bilan olib borilayotgan manzilli ishlar hamda oilaviy nizolarning oldini olish borasidagi chora-tadbirlarni ko‘zdan kechirdi.