Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nargiza Abdullayeva Samarqand shahridagi 27-son umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishib, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda mavjud ehtiyojlarni o‘rgandi.
✅ O‘rganish davomida o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi. Xususan, sanitariya-gigiyena sharoitlarini takomillashtirish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va uchrashuvlar o‘tkazish uchun faollar zalini tashkil etish zarurligi qayd etildi.
▶️ Shuningdek, maktab hududida mini-futbol maydonchasi barpo etish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur loyiha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
📊 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, ularni amaliy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.
⚡️ Ta’lim muassasalaridagi mavjud ehtiyojlarni bartaraf etish va yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratish masalalari deputatlik nazoratida davom ettiriladi.