Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati M.Sayfiddinova, Toyloq tuman Kengashi raisi D.Ulug‘boyeva hamda mutasaddilar saylov okrugidagi “Uzunqishloq” mahallasida bo‘lib, uzumni qayta ishlash va quritish faoliyati bilan tanishdi.
✍️ O‘rganish davomida ushbu faoliyat orqali yaratilgan ish o‘rinlari, aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish borasidagi holat tahlil qilindi.
📊 Mahallada uzumchilik mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishi xonadonlar daromadini oshirish bilan birga, xotin-qizlar va yoshlarning mavsumiy bandligini ta’minlayotgani qayd etildi.
🤝 Muloqotlar chog‘ida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.
▶️ Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati tartibida kuzatib boriladi.