Xalq deputatlari Uzun tumani Kengash kotibiyati mudiri deputat sifatida aholini bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatini o'rgandi
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab beruvchi tavsiyalarning 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengash kotibiyati mudiri deputat sifatida tumanimizdagi tibbiyot muassasalarida fuqarolarni bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatini o'rgandi.
O'rganish davomida imtiyozli toifadagi bemorlarga dori-darmonlarni o'z vaqtida yetkazib berish, dorixonalardagi zaxiralar va ularning shaffof taqsimlanishi qat'iy nazoratga olindi.