Qonunlar ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganishlar o‘tkazildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2026-yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta o‘rganish hamda sohadagi qonunlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi nazorat-tahlil va o‘rganish ishlari Uzun tumanidagi Axborot-kutubxona markazida amalga oshirildi.
Ushbu o‘rganish tadbirida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D. Safarova, tuman Kengashi deputatlari hamda viloyat Kengashi deputati S. Abduraimov ishtirok etdilar. Deputatlar va mas’ullar tomonidan kutubxona markazidagi mavjud shart-sharoitlar, aholi va yoshlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.