23-sonli maktab kutubxonasi faoliyati ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan rejasiga muvofiq, 17-“Chinor” saylov okrugi hududidagi “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 23-sonli umumta’lim maktabida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shaxnoza Ergasheva tomonidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida maktab direktori hamda biriktirilgan mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda muassasa kutubxonasining faoliyati, o‘quvchilarning kitobxonlik darajasi, kutubxona fondidagi adabiyotlar ta’minoti va ularni saqlash sharoitlari atroflicha ko‘rib chiqildi.