Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi qarori qabul qilindi
2026-yil 5-oktabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoniga asosan, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish masalasi tasdiqlandi.
Ushbu qaror doirasida tuman infratuzilmasini yanada yaxshilash, ijtimoiy soha ob’ektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi turmush sharoitini yuksaltirishga qaratilgan muhim loyihalarga ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va samarali sarflanishi ta’minlanadi.