DEHQON MFYDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
14-Dehqon saylov okrugi deputati F. Eгамберdiyeva tomonidan Dehqon mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodim K. Qo‘chqarovning faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan mahalladagi aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash, ehtiyojmand oilalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash holati hamda aholining mavjud muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, aholiga ijtimoiy
xizmatlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.