Новости

Последние новости

янв.21
"Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova 3-sonli MTTda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
«Ittifoq» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova deputat sifatida "Yangi ro'zg'or" mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
#162_ta_Qonun_ijrosi
янв.21
Qonunni o‘rganamiz: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Odob-axloq doimiy komissiyasi raisi tashabbusi bilan tuman deputatlari uchun navbatdagi amaliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yoshlar kelajagi – e'tiborda: Uzun tumanida "Payshanba – yoshlar kuni" doirasida muhim uchrashuv bo'lib o'tdi
янв.21
DEPUTATNING TRANSPORTDA BEPUL YURISH TARTIBI
янв.21
SESSIYA OLDI NAZORAT: Deputat S.Rajabova Navro‘z mahallasida bo‘ldi
#investitsiya #deputatlik nazorati o'rganish

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengash kotibiyati mudiri Sevar Qodirovaning kunlik rejasiga asosan shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Shermuhammad Begiyev bilan hamkorlikda shahrimizdagi "Boʻston" mahallasi hududida joylashgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati joyida oʻrganildi.

Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagi muhim masalalarga qaratildi:
Mehnat sharoitlari: Ishchi-xodimlarga yaratilgan qulayliklar, xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etilishi va ijtimoiy imkoniyatlar;
Mahsulot sifati va raqobatbardoshligi: Korxonada ishlab chiqarilayotgan qurilish mahsulotlarining sifati, ularning standartlarga mosligi va ichki bozordagi oʻrni;
Ishlab chiqarish quvvati: Korxonaning mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanish va faoliyat koʻlamini kengaytirish ko'zdan kechirildi.

Tashrif yakunida aniqlanganmuammo va  kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha aylanish jurnaliga qayd qilinib ijro nazoratiga olindi hamda korxona mutassaddilariga ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda mahsulot sifatini yanada yaxshilash boʻyicha amaliy va manzilli tavsiyalar berildi.

Mahalliy ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va hududlar drayverlarini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5