Новости

Последние новости

янв.21
23-sonli maktabning faollar zali va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
23-sonli maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
“Chinor” mahallasida joylashgan 23-sonli maktabda qonunlar ijrosi va hamkorlik holati o‘rganildi
янв.21
"Serxarakat" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
"Serxarakat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar qabulini o‘tkazdi: “Do‘stlik” MFY fuqarolarining murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi qarori qabul qilindi
янв.21
Deputat saylovchilar qabulini o‘tkazdi: “Yangi yo‘l” MFY fuqarolarining murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati M.Mamurjonova ishtirokida ta’lim sohasidagi qonunlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati M.Mamurjonova maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi
“Oqtom” mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi

O‘rganish ishlari komissiya raisi M. Namazov, komissiya a’zolari R. Mengziyaeva va Q. Chorshanbiev tomonidan amalga oshirildi.
Jarayonda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–445) talablarining ijrosini ta’minlash borasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, murojaatlarga o‘z vaqtida va qonunchilik talablari asosida javob berish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Fuqaro murojaati — e’tibor va mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan qonunlar ijrosini o‘rganish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va aholi huquqlarini ta’minlash borasidagi nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3