35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mustaqillik nafari va mirishkorlar shijoati: Uzun tumanida qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy sa’y-harakatlar
янв.21
Bugun, 2 sentabr – O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati: Haftalik ish rejalari belgilab olindi
янв.21
12-MAKTABDA ILK QO‘NG‘IROQ CHALINDI
янв.21
Yangi o'quv yili nishonlandi
янв.21
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — ULKAN ORZULAR SARI ILK QADAM!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI, TUMAN HOKIMI BIRINCHI QO‘NG‘IROQ TADBIRIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI MUDIRI O‘.RAJABOV 11-MAKTABDA "MUSTAQILLIK DARSI"NI O‘TIB BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O'.Rajabov 7-Yangi yo'l saylov okrugidan saylangan deputat S.Rajabovaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Deputat va "Madad" hamkorligi: Yangi yo'l okrugida aholi murojaatlari tinglandi
MARG‘ILONDA “BILIMLAR KUNI” KO‘TARINKI RUHDA NISHONLANDI

Yangi o‘quv yilining boshlanishi — o‘quvchilar, ustoz va murabbiylar, ota-onalar hamda ta’lim jamoalari uchun o‘ziga xos hayajon va quvonchga boy kun. Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Marg‘ilon shahrida ham “Bilimlar kuni” keng nishonlandi.

1-Sahovat saylov okrugidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etildi.

Bayram tadbirida Marg‘ilon shahar hokimi, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 5-Do‘stlik saylov okrugi deputati Elbek Rustamov ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari hamda ustoz-murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning bilim olishi va kelajakda munosib o‘rin egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ustozlarning sharafli va mas’uliyatli mehnati alohida e’tirof etilgan.

Deputat o‘z so‘zida yangi o‘quv yili boshlanishi bilan o‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglarni samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, butun respublikamizda bo‘lgani kabi, ko‘hna va hamisha navqiron Marg‘ilon shahrida ham ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor, maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va yoshlarning puxta bilim olishi uchun amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Bilimlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda maktab jamoasi, o‘quvchilar va ota-onalar uchun bayramona kayfiyat hukm surdi. Ayniqsa, maktab ostonasini ilk bor hatlab kirib kelgan birinchi sinf o‘quvchilarining hayajoni va quvonchi tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Darhaqiqat, yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, ezgu orzular va katta marralar sari tashlangan muhim qadamdir. Bugun maktablarda yaratilayotgan imkoniyatlar, avvalo, bilimli, vatanparvar va zamonaviy fikrlaydigan yosh avlodni voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Marg‘ilonda ham ta’lim sohasiga qaratilayotgan doimiy e’tibor va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yoshlarning sifatli ta’lim olishi, o‘z iqtidor va salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Slide 1 of 4