35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mustaqillik nafari va mirishkorlar shijoati: Uzun tumanida qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy sa’y-harakatlar
янв.21
Bugun, 2 sentabr – O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati: Haftalik ish rejalari belgilab olindi
янв.21
12-MAKTABDA ILK QO‘NG‘IROQ CHALINDI
янв.21
Yangi o'quv yili nishonlandi
янв.21
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — ULKAN ORZULAR SARI ILK QADAM!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI, TUMAN HOKIMI BIRINCHI QO‘NG‘IROQ TADBIRIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI MUDIRI O‘.RAJABOV 11-MAKTABDA "MUSTAQILLIK DARSI"NI O‘TIB BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O'.Rajabov 7-Yangi yo'l saylov okrugidan saylangan deputat S.Rajabovaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Deputat va "Madad" hamkorligi: Yangi yo'l okrugida aholi murojaatlari tinglandi
AHOLI BANDLIGI VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X.Abdurahmonov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirokida Tuttagi mahallasida olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni ishga joylashtirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Tuttagi mahallasida jami 5 373 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada 743 ta xonadon va 1 387 ta oila mavjud.

Aholi bandligini ta’minlash borasida ham muayyan natijalarga erishilgan. Xususan, 83 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan bo‘lsa, 22 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Biznesga birinchi qadam” yo‘nalishi bo‘yicha 20 nafar fuqaroga kredit ajratilgan.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 7 nafar fuqaro oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida qo‘llab-quvvatlangan.

O‘rganish davomida tadbirkorlik faoliyati orqali nafaqat o‘z daromadini oshirayotgan, balki boshqa fuqarolarni ham ish bilan ta’minlayotgan xotin-qizlarning faoliyati alohida e’tiborga olindi.

Xususan, oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 50 million so‘m miqdorida kredit olgan Abduraqozova Muazzamxon ko‘rpacha tikish faoliyati bilan shug‘ullanib, ayni paytda 12 nafar shogirdni o‘z atrofida birlashtirgan. Bu esa imtiyozli kredit mablag‘larining amaliy samarasi, yangi ish o‘rinlari yaratish va kasb-hunarga o‘rgatish imkoniyatlarini yaqqol namoyon etadi.

Shuningdek, 50 million so‘m miqdorida kredit olib, tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Yusupova Ubaydaxon ham o‘z tadbirkorligini rivojlantirish bilan birga, 10 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlagan.

Deputatlik o‘rganishi davomida mahalla hokim yordamchisi Sh.Qalandarovning aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish borasidagi faoliyati ham o‘rganildi.

Bunday o‘rganishlar joylardagi real holatni chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tartibda hal etish choralarini ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng muhimi, deputatlik nazorati faqat muammolarni aniqlash bilangina cheklanmay, aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning farovonligini oshirishga xizmat qilayotgan amaliy natijalarni ham keng o‘rganishni nazarda tutadi.

Slide 1 of 3