“Yoshlik” MFY: Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Toshboyev oʻrganish olib bordi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi U.Toshboyev tomonidan “Yoshlik” MFYda xotin-qizlar faolining ish faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning murojaatlari va muammolarini oʻrganish, bandligini taʼminlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar koʻrib chiqildi.
Oʻrganish yakunida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, murojaatlarni manzilli hal etish va belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan tavsiyalar berildi.