Новости

Последние новости

URGANCH SHAHRIDA NAVBATDAGI OCHIQ ZOVUR YOPIQ DRENAJ TIZIMIGA AYLANTIRILADI

Urganch shahar “Ashxobod” mahallasi hududidan, ya’ni Xonqa ko‘chasi (148-uy qarshisidan) kesib o‘tgan zovurni yopiq drenaj tizimiga o‘tkazish hamda uning atrofini obodonlashtirish masalalari joyida atroflicha ko‘rib chiqild.

Shahar hokimi B.Radjapov bilan hamkorlikda zovurni yopiq holatga keltirish va ustini to‘liq obod qilish, zovurning har ikki tomonini asfaltlashtirish hamda zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, bo‘shab qoladigan maydonda tadbirkorlik subyektlarini qonuniy joylashtirish muhim choralar belgilab olindi. 

Mazkur masalalar yuzasidan joyning o‘zida tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi hamda amaliy ishlarni boshlash uchun Viloyat melioratsiya boshqarmasiga rasmiy xat chiqarildi. 

Slide 1 of 1