Новости

Последние новости

янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
Kengashi nima va u nima bilan shug‘ullanadi?
янв.21
Deputat soʻrovi: Maktabda yangi sport zali qurilishi masalasi oʻrganilmoqda
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi

“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati J.Hasanov “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hamda aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman miqyosidagi mutasaddilarga deputatlik so‘rovlarini yubordi.

Murojaatlar negizida hududdagi eng og‘riqli uchta masala — tibbiyot, ekologiya va maktabgacha ta’lim muammolari aks etgan:

1. Olis qishloq aholisi uchun mobil tibbiyot xonasi tashkil etiladi

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i S.Yuldoshevga.

Tuman markazidan qariyb 20 km uzoqlikda joylashgan “Madaniy turmush” qishlog‘ida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun bino yo‘q. Keksalar, homilador ayollar va yosh bolali onalar oddiy muolajalar uchun ham uzoq yo‘l bosishga majbur bo‘lmoqda.

Hududda barcha sharoitlarga ega bo‘lgan 1 xonali maxsus tibbiyot konteynerini (mobil ijtimoiy xona) ajratish va uni zarur dori-darmonlar bilan ta’minlash choralari ko‘rib chiqilishi so‘raldi.

2. O‘zbekiston ko‘chasidagi chiqindi muammosi bartaraf etiladi

“Bio tex eko” MChJ rahbari K.Shomurodovga.

Mahallaning O‘zbekiston ko‘chasida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani sababli noqonuniy chiqindi uyumlari yuzaga kelgan. Havo isib borayotgani sababli badbo‘y hid va yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi ortmoqda.

Chiqindi uyumlarini qisqa muddatda to‘liq tozalash hamda maxsus transport vositalarining qat’iy grafik asosida kelishini ta’minlash talab qilindi.

3. Mahallada 150 o‘rinli bog‘cha qurish zarurati qo‘yildi
Tuman hokimi o‘rinbosari S.Tashanovaga.

“Tolto‘g‘ay” mahallasida bog‘cha yoshidagi (3–7 yosh) bolalar soni juda ko‘p bo‘lishiga qaramay, hududda birorta ham maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emas.

Mahallada kamida 150 o‘rinli zamonaviy bog‘cha qurish yoki uni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish imkoniyatlarini asoslantirgan holda ko‘rib chiqish masalasi ilgari surildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq, deputatlik so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish mansabdor shaxslarga qonuniy javobgarlik keltirib chiqaradi.