Новости

Последние новости

SOTSIOLOGIK TADQIQOTLAR O‘TKAZILMOQDA



SOTSIOLOGIK TADQIQOTLAR O‘TKAZILMOQDA

Uchquduq tumanida mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, vakillik hokimiyati mustaqilligini ta’minlash hamda mahalliy davlat hokimiyatini tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim hujjatni ishlab chiqish jarayoni doirasida sotsiologik tadqiqot o‘tkazildi.

Tadqiqotda Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputatlari ishtirok etib, mahalliy Kengashlar faoliyatida mavjud muammolar, deputatlarning o‘z vakolatlarini amalga oshirish imkoniyatlari hamda vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Mazkur so‘rovnomaning asosiy maqsadi — mahalliy Kengashlar faoliyatidagi mavjud muammolarni aniqlash, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlarning huquq va vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni baholash hamda kelgusidagi faoliyatni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflarni shakllantirishdan iborat.

Sotsiologik tadqiqot natijalari mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, ularning mustaqilligini mustahkamlash va aholi manfaatlarini ifoda etishdagi rolini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1