Новости

Последние новости

Fuqarolarning ijtimoiy ahvoli joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudaykulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Jo‘yjangal” mahallasida bo‘lib, fuqarolarning ijtimoiy ahvolini xonadonbay o‘rgandilar.
O‘rganish davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari va ularni qiynayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholining murojaatlari tinglanib, aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirildi.

Bunday o‘rganishlar fuqarolar bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.