Новости

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan tuman Kengashining tegishli qarori bilan belgilab berilgan 6-Tog' saylov okrugi hududida barpo etilayotgan bolalar maydonchasining qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda bolalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarning sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan tegishli holatlar o‘rganildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Mazkur loyiha hududdagi bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, sog‘lom turmush tarziga jalb etilishi va ular uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ Qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌳 Farzandlarimiz uchun qulay va obod muhit yaratish — ustuvor vazifalardan biridir!

Slide 1 of 3