Новости

TADBIRKORLAR MEHNATI E’TIROF ETILDI

🏆 TADBIRKORLAR MEHNATI E’TIROF ETILDI

Paxtakor tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, faol tadbirkorlar tuman hokimining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Taqdirlanganlar — “Sidiqova Gulshoda Turg‘unbayevna” oilaviy korxonasi, “Muslim Tijorat”, “Violla”, “Paxtakor Tekstil”, “World Trade Company” va “Semurg‘ Cluster” rahbarlari.

🤝 Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvoxidov tadbirkorlarning aholi bandligi va farovonligini ta’minlashga qo‘shayotgan hissini e’tirof etdi.

📍 Tuman Moliya bo‘limining faollar zalida o‘tgan uchrashuvda Respublika ishchi guruhi, mas’ul tashkilotlar, bank rahbarlari, hokim yordamchilari, tadbirkorlar va yoshlar ishtirok etdi.

Muloqotda tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, yangi loyihalar, faoliyatni kengaytirish va ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi. BATAFSIL

Slide 1 of 9