Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov ishtirokida tumanda hududlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
Jarayon davomida mahallalar hududidagi ko‘chalar, yo‘l yoqalari va jamoat foydalanishidagi hududlarning tozaligi, obodonligi hamda tartibga keltirilishi holati ko‘zdan kechirilmoqda.
Shuningdek, hududlarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ariqlarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni parvarishlash hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Deputat tomonidan obodonlashtirish ishlarining belgilangan talablar asosida tashkil etilishi, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda hududlarda tozalik va tartibni ta’minlash yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.