Новости

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U.Salimov tomonidan Aytim mahallasida mahalla raisi hamda ijtimoiy xodimlar ishtirokida ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolarning o‘zlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari va ehtiyojlari tinglandi.

🔹 Fuqarolarga qanday yordamlar belgilanganligi, ushbu yordamlarning amalda bajarilishi hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatiga e’tibor qaratildi.

🔹 Ayniqsa, fuqarolarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va daromad manbaini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar alohida o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2