Новости

PF–193-son Farmon ijrosi doirasida ishchi guruh faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Zomin tumanida tashkil etilgan ishchi guruh (shtab) faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Farmonda belgilangan vazifalarning tumanda amalga oshirilishi, aholi bandligini ta’minlash, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ishchi guruh (shtab) tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.