Новости

Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi

 Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kadirov o‘zi saylangan “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalladagi ko‘chaboshilar va faollar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. 
Uchrashuv davomida mahalla hududini yanada obodonlashtirish, aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni aniqlash hamda ularni hamjihatlikda hal etish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Shuningdek, hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi farovonligini oshirish borasidagi taklif hamda tashabbuslar ko‘rib chiqildi. 
Kotibiyat mudiri mahalla hayotida ko‘chaboshilar va faollarning o‘rni katta ekanligini ta’kidlab, har bir ko‘tarilgan masala doimiy e’tiborda bo‘lishini bildirdi.

Slide 1 of 3